Qo'ng'iroqlarni tahlil qilish: to'liq qo'llanma

Qo'ng'iroq yozuvlari deyarli hamma kompaniyada bor, ulardan foydalanadigani esa kam. Quyida tahlilni qanday qo'yish kerakligi bosqichma-bosqich yozilgan.

Qo'ng'iroqlarni tahlil qilish nima

Qo'ng'iroqlarni tahlil qilish — sotuv bo'limidagi suhbatlarni tizimli ravishda o'qib chiqish va baholash. «Tizimli» degani muhim: yozuvni vaqti kelganda eshitib qo'yish tahlil emas, chunki undan xulosa chiqmaydi. Tahlil deganda har bir suhbat bir xil savollar ro'yxati bo'yicha tekshirilishi va natija raqamga, ro'yxatga, hisobotga aylanishi tushuniladi.

Amalda bu uch qismdan iborat: suhbat matnga tushadi, matn qoidalar bo'yicha tekshiriladi, tekshiruv natijasi qaror qabul qiladigan odamga yetib boradi. Uchinchi qism eng ko'p tashlab ketiladigan joy — tahlil qilinadi-yu, hech kim o'qimaydi.

Nima uchun kerak: qanday savollarga javob beradi

Yaxshi qo'yilgan tahlil bir necha savolni yopadi:

E'tibor bering, bu savollarning birortasi ham CRM'dagi raqamlardan kelib chiqmaydi. Voronka «bitim yopilmadi» deydi, sababini esa faqat suhbatning o'zi aytadi.

Kimga kerak bo'ladi

Sotuv rahbari

Kimni o'qitish, kimni maqtash kerakligini taassurot bilan emas, bir xil o'lchov bilan hal qiladi. Haftalik suhbatlarga tayyor material bilan keladi.

Biznes egasi

Bo'limga qo'ng'iroq qilib, «ishlar qalay?» deb so'ramaydi — manzarani o'zi ko'radi: oqim qancha, sifat qanday, qaysi mijoz qo'ldan ketayapti.

Marketolog

Reklamadan kelgan lidlar sifatsizmi yoki ular bilan noto'g'ri ishlanganmi — shu savolga javob topadi. Mijozlarning o'z so'zlari esa reklama matnlariga kiradi.

Menejerning o'zi

O'z suhbatini tashqaridan ko'radi. Ko'pchilik o'zining qanday gapirayotganini birinchi marta shu yerda eshitadi.

Qo'lda tahlil qilish: qanday qilinadi va qayerda to'xtaydi

Klassik yo'l shunday: rahbar yoki sifat nazorati xodimi CRM'dan qo'ng'iroqlar yozuvini ochadi, tinglaydi va jadvalga belgi qo'yadi. Ro'yxat odatda 10-15 banddan iborat bo'ladi: salomlashish, ehtiyojni aniqlash, taqdimot, narx, e'tiroz, keyingi qadam.

Bu usul ishlaydi va uni tashlab yuborish kerak emas. Faqat ikkita chegarasi bor.

Birinchi chegara — tanlab olish

Bitta odam kuniga taxminan 20 ta suhbatni diqqat bilan eshita oladi. Bo'limda kuniga 200 ta qo'ng'iroq bo'lsa, tekshiruv qamrovi 10 % atrofida qoladi. Eng qimmatli, ya'ni yo'qotilgan katta mijoz bilan bo'lgan suhbat aynan tekshirilmagan 90 % ichida qolib ketishi mumkin.

Ikkinchi chegara — bir xil o'lchov yo'qligi

Ertalabki baho bilan kechki baho bir xil bo'lmaydi. Ikki xil tekshiruvchi bir suhbatga ikki xil ball qo'yadi. Menejer bilan bahsga borilganda esa «menimcha, yomon gaplashding» degan dalil ishlamaydi.

Ikki kun tekinga sinab ko'ring

Ariza qoldiring — o'zingizning haqiqiy qo'ng'iroqlaringizni ikki kun tekinga tahlil qilib beramiz. Natijani ko'rasiz, keyin o'zingiz qaror qilasiz.

Raqamingizni hech kimga bermaymiz. Maxfiylik siyosati

AI bilan tahlil: sun'iy intellekt qo'ng'iroqlarni qanday tinglaydi

Qo'ng'iroq tahlili AI yordamida qilinganda mantiq o'zgarmaydi — faqat qamrov va tezlik o'zgaradi. Tekshiruv ro'yxati o'sha-o'sha, lekin u 10 % emas, 100 % suhbatga qo'llanadi va natija bir necha daqiqada tayyor bo'ladi.

1. Nutqni matnga o'girish

Avval yozuv matnga aylantiriladi: kim nima deganigacha ajratiladi. O'zbekistonda bu qismning o'ziga xos qiyinligi bor — bir suhbat ichida o'zbekcha va ruscha aralashib ketadi. Transkripsiya sahifasida buni qanday hal qilganimizni yozganmiz.

2. Skript bo'yicha baho

Matn sizning skriptingiz bo'yicha tekshiriladi. Qoidalarni ulash paytida siz bilan birga yozamiz: nimani aytishi shart, nimani aytmasligi kerak. Xato topilsa, menejerning o'sha gapi iqtibos qilib ko'rsatiladi. Shu tafsilot tahlilni bahsdan chiqaradi: dalil ko'rinib turadi.

3. Lid harorati

Har bir suhbatdan keyin mijozga 0 dan 100 gacha harorat qo'yiladi — u qanchalik qizigan. Rahbar ertalab ro'yxatni ochadi va eng qaynoq mijozlardan boshlaydi.

4. Vazifa va hisobot

Keyingi qadam CRM'da vazifa bo'lib ochiladi, kechqurun esa Telegramga kunlik hisobot keladi. Ya'ni tahlil natijasi hisobot papkasida emas, ishning o'zida paydo bo'ladi.

Nimalar tekshiriladi

Ro'yxat har bir biznesda biroz farq qiladi, lekin o'zagi odatda shunday bo'ladi:

Qo'lda va AI: nimasi bilan farq qiladi

MezonQo'lda tahlilAI bilan tahlil
Qamrov5-10 % suhbat100 % suhbat
TezlikKunlarSuhbatdan keyin ikki-uch daqiqa
O'lchov birligiTekshiruvchiga bog'liqHamma uchun bir xil qoida
DalilXotira va taassurotSuhbatdan iqtibos
XarajatXodim maoshiDaqiqa bo'yicha to'lov

Qulay yechim ko'pincha ikkalasining aralashmasi bo'ladi: AI hammasini tekshiradi, rahbar esa faqat bahosi past chiqqan suhbatlarni ochib ko'radi. Bunday ish tartibi sotuv bo'limi nazorati sahifasida batafsil yozilgan.

Mijozlar bilan suhbat tahlili faqat telefon bilan cheklanmaydi

Mijozlarning katta qismi endi yozadi. Agar tahlil faqat qo'ng'iroqlarni qamrasa, manzaraning yarmi ko'rinmay qoladi. Shuning uchun CRM ichidagi chat va Instagram Direct yozishmalari ham xuddi shu mezonlar bo'yicha baholanadi: javob qancha kutildi, savolga javob berildimi, narx aytildimi, keyingi qadam taklif qilindimi.

Tahlil natijasi qayerda ko'rinishi kerak

Eng ko'p uchraydigan yo'qotish shu joyda bo'ladi: tahlil qilinadi, lekin natija hech kimning ish kuniga kirmaydi. Shuning uchun natija uchta joyda ko'rinishi kerak.

Bizda bu shunday tuzilgan: menejer kabinetda o'z suhbatlarini ko'radi, rahbarga Telegramga kunlik xulosa keladi, vazifa esa amoCRM yoki Bitrix24'da ochiladi.

Qancha vaqt va kuch talab qiladi

Qo'lda qilinganda asosiy xarajat — odamning vaqti: har bir suhbatni eshitish, jadval to'ldirish, xulosa yozish. Avtomatik tahlilda esa xarajat boshida bo'ladi: qoidalarni yozib chiqish va o'lchovni kelishib olish. Undan keyin kunlik ish rahbardan o'n-o'n besh daqiqa oladi.

Bizda ulash 1-3 kun davom etadi va uni biz qilamiz: siz kirish huquqini berasiz, qoidalarni birga muhokama qilamiz, birinchi hisobot ertasi kuni keladi.

Qanday boshlash kerak

  1. Yozuvlar borligini tekshiring. Telefoniya qo'ng'iroq yozuvini CRM'ga tashlayaptimi — amoCRM yoki Bitrix24'ga. Tashlayotgan bo'lsa, yangi ATS kerak emas.
  2. Tekshiruv ro'yxatini yozing. 10-15 band yetarli. Har biri «ha yoki yo'q» deb javob beriladigan bo'lsin.
  3. O'lchovni belgilang. Qaysi baho normal hisoblanadi, qaysi bahodan pastda rahbar aralashadi.
  4. Hisobot kimga borishini hal qiling. Hech kim o'qimaydigan hisobot — behuda ish.
  5. Kichik hajmda sinab ko'ring. Ikki kunlik oqimni tahlil qilib, ro'yxatni to'g'rilang, keyin butun bo'limga yoying.

Tekshiruv ro'yxatini qanday yozish kerak

Ro'yxat qanchalik aniq bo'lsa, tahlil shuncha foydali bo'ladi. Bir nechta oddiy qoida bor.

Har bir band «ha yoki yo'q» deb javob beriladigan bo'lsin. «Menejer yaxshi ishladimi?» degan band ishlamaydi, «Narxning amal qilish muddatini aytdimi?» degani ishlaydi.

Faqat o'zingiz ta'sir qila oladigan narsani o'lchang. Mijozning kayfiyati sizga bog'liq emas, menejerning javob tezligi esa bog'liq.

Bandlar sonini 10-15 tada ushlab turing. Uzun ro'yxat to'ldirilmay qoladi, AI bilan ishlaganda ham u bahoni loyqalashtiradi.

Tayyor namuna sifatida sotuv menejerini baholashning 15 mezoni maqolasidagi jadvalni olib, o'zingizga moslashingiz mumkin.

Qanday ko'rsatkichlarni kuzatish mumkin

Tahlil yo'lga qo'yilgach, bir nechta ko'rsatkich o'z-o'zidan paydo bo'ladi. Ularning hammasini birdaniga kuzatish shart emas — ikki-uchtasidan boshlang:

Oxirgi band eng ko'p ma'lumot beradi. Bo'lim ichida odamlar turlicha: kuchli menejerning bahosi bir oz tushgani, zaifining bir oz ko'tarilganidan ko'ra muhimroq signal bo'lishi mumkin.

Ko'p uchraydigan xatolar

Keyingi qadam

Tahlilni qog'ozda emas, o'z suhbatlaringizda ko'rish oson: ikki kunlik demo bepul, o'zingizning haqiqiy qo'ng'iroqlaringiz tahlil qilinadi. Ulash va sozlash keyin, $750 — ochiq narxlar narx sahifasida.

Bugungi suhbatlarni ertaga o'qib chiqishni istasangiz, ariza qoldiring. Xizmat qanday ishlashini bosh sahifada ham ko'rishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollar

Qo'ng'iroqlarni tahlil qilish nima?
Bu sotuv bo'limidagi suhbatlarni tizimli tekshirish: yozuvni matnga o'girish, menejer skript bo'yicha ishlaganini baholash va mijozning qiziqish darajasini aniqlash. Maqsad — nega bitim yopilmaganini taxmin qilmasdan bilish.
Buni qoʻlda qilsa boʻladimi?
Boʻladi, lekin faqat kichik hajmda. Bir odam kuniga 20 tacha suhbatni diqqat bilan eshitadi, qolgani tekshirilmay qoladi. Shuning uchun qoʻlda tahlil har doim tanlab olishga aylanadi.
AI oʻzbek tilidagi suhbatni tushunadimi?
Ha. Oʻzbekcha, ruscha va ikkisi aralash gapirilgan suhbat ham matnga oʻgiriladi va baholanadi.
Yangi telefoniya kerakmi?
Yo'q. Sipuni, OnlinePBX, Mediatel va boshqa ATS'lar yozuvni amoCRM yoki Bitrix24'ga tashlayotgan bo'lsa, tahlil o'sha yozuvlar ustida ishlaydi.
Natijani ko'rish uchun qancha kutish kerak?
Ulash 1-3 kun oladi, birinchi hisobot ertasi kuni keladi. Demo esa ikki kun davom etadi va bepul.

Ikki kun tekinga sinab ko'ring

Ariza qoldiring — o'zingizning haqiqiy qo'ng'iroqlaringizni ikki kun tekinga tahlil qilib beramiz. Natijani ko'rasiz, keyin o'zingiz qaror qilasiz.

Raqamingizni hech kimga bermaymiz. Maxfiylik siyosati

Ariza qoldirish