amoCRM va Bitrix24 uchun

Sotuv bo'limi qo'ng'iroqlarini AI tahlil qiladi — sifat nazorati bo'limining o'rnini bosadi

Bitta odam kuniga 20 ta qo'ng'iroq eshitadi. Bu esa hammasini eshitadi — qo'ng'iroqni ham, yozishmani ham.

pastga suring
2 kun demo — bepul. Yoqmasa, to'lamaysiz Daqiqasiga 25-30 so'm, birinchi 3 oy bepul Qo'ng'iroq ham, yozishma ham · o'zbekcha va ruscha
Qanday ishlaydi

Bir marta ulaymiz, keyin o'zi ishlab ketadi

Siz hech narsa qilmaysiz. Suhbat tugaydi — ikki-uch daqiqada tayyor javob keladi.

Bugungi suhbatlar
Nimalarni tekshiradi

Qo'ng'iroq ham, yozishma ham

Telefonda gaplashdimi yoki yozishdimi — farqi yo'q. Hammasi bir xil tekshiriladi.

Qo'ng'iroqlar amoCRM chat Instagram Direct
Leadlar AI
Telegram hisobot CRM'da vazifa
Kim nima ko'radi

Har kim faqat o'zinikini ko'radi

Sotuvchi boshqasining bahosini ko'rmaydi. Rahbar esa hammasini ko'radi.

Biznes egasi
Butun bo'lim bitta ekranda: kim ko'p sotdi, qaysi mijoz qo'ldan ketdi, kim bo'shashib qoldi.
Sotuv rahbari
Har kuni kechqurun Telegramga qisqa hisobot keladi. Xato qayerda bo'lgani — o'sha gapi bilan ko'rsatiladi.
Sotuvchi
Faqat o'z suhbatlari va o'z bahosi. Nega shunday baho olgani ham tushuntirib yoziladi.
Narx

Bir marta to'laysiz

Har oy pul to'lash yo'q. Keyin faqat yangi ish buyursangiz to'laysiz.

$750demo yoqqanidan keyin, bir marta
Asosiy xizmatQo'ng'iroq va yozishmalar tahlili
  • Avval demo2 kun tekinga tahlil qilamiz — o'zingizning haqiqiy qo'ng'iroqlaringizni. Yoqmasa, hech narsa to'lamaysiz.
  • Yoqsa$750 — ulash va sozlash uchun, bir marta. CRM, telefon, tekshirish qoidalari, Telegram hisobot va jamoani o'qitish shu narxda.
  • 1-oyBirinchi oy — bepul. Nimani o'zgartirish kerak bo'lsa, tekinga qilib beramiz.
  • 2-oydanHar oylik to'lov yo'q. Yangi narsa kerak bo'lsagina to'laysiz, narxini oldindan aytamiz.
Bir daqiqa tahlil
25-30so'm
Birinchi 3 oy — bepul
Biz 25-30 so'm
Boshqalarda 350-400 so'm
Oyiga 100 soat suhbat bo'lsa: ularda 2 million so'mdan oshadi, bizda 150-180 ming so'm.
$500bir marta
Yana bitta xizmatAI chatbot
  • Nima qiladiTelegram, Instagram va WhatsApp'da mijozga o'zi javob beradi: narxni aytadi, savolga javob qaytaradi, arizani oladi. Kechasi ham ishlaydi.
  • Qayerga ulanadiIstalgan CRM bilan ishlaydi. Mijoz ma'lumotini o'zi yozib qo'yadi, sotuvchiga tayyor holda uzatadi.
  • KeyinYangi imkoniyat yoki o'zgartirish kerak bo'lsa — narxini oldindan aytamiz, keyin qilamiz.

AI xarajatini birinchi uch oy biz o'z zimmamizga olamiz. Undan keyin uni AI hisobiga to'laysiz — qancha suhbat bo'lsa, shuncha. Biz ustiga hech narsa qo'shmaymiz.

Har bir xizmat alohida sahifada yozilgan: narxlar va nima kiradi, amoCRM uchun qo'ng'iroqlar tahlili, Bitrix24 uchun tahlil, AI chatbot.

Ko'p so'raladigan savollar

Qisqa javoblar

Qancha turadi?
Ishga tushirish — $750, bir marta. Har oylik abonent to'lovi yo'q. Birinchi oy barcha o'zgartirishlar bepul, keyin faqat yangi ish buyursangiz to'laysiz.
Qaysi CRM bilan ishlaydi?
amoCRM va Bitrix24 bilan. Telefoniyangiz CRM'ga ulangan bo'lsa, qo'ng'iroq yozuvlari o'zi oqib keladi — qo'shimcha dastur o'rnatish shart emas.
O'zbek tilini tushunadimi?
Ha. O'zbekcha, ruscha va ikkisi aralash gapirilsa ham matnga o'giradi. Biz o'nlab modelni sinab ko'rib, o'zbek nutqini eng aniq tushunadiganini tanladik.
Necha kunda ishga tushadi?
Odatda 1-3 kun. Kirish huquqini bergan kuningiz ulaymiz, ertasiga birinchi hisobot keladi.
Yozishmalarni ham tekshiradimi?
Ha. CRM ichidagi chat va Instagram Direct yozishmalari ham qo'ng'iroq kabi baholanadi: javob qancha kutildi, savolga javob berildimi, keyingi qadam taklif qilindimi.
Sinab ko'rsa bo'ladimi?
Ha. Ikki kun tekinga ishlaymiz: o'zingizning qo'ng'iroqlaringizni tahlil qilib, natijani ko'rsatamiz. Yoqsa — ulash va sozlashga o'tamiz, yoqmasa — hech narsa to'lamaysiz.
Daqiqaga to'lov bormi?
Birinchi 3 oy — umuman bepul. Keyin daqiqasi 25-30 so'm bo'ladi (boshqalarda 350-400 so'm). Oyiga 100 soat suhbat bo'lsa, ularda 2 million so'mdan oshadi, bizda esa 150-180 ming so'm atrofida chiqadi. Buni AI hisobiga to'laysiz, bizning ustamamiz yo'q.
Telefoniyam ulanadimi?
Telefoniyangiz CRM'ga ulangan bo'lsa — ha. Sipuni, OnlinePBX, Mediatel va boshqa ATS'lar amoCRM yoki Bitrix24'ga yozuvni tashlaydi, biz o'sha yerdan olamiz. Ya'ni telefoniyani almashtirish shart emas.
Chatbot ham bormi?
Ha, alohida xizmat: $500, bir marta. Chatbot Telegram, Instagram va WhatsApp'da mijozlarga o'zi javob beradi, ariza oladi va istalgan CRM'ga yozib qo'yadi.
Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?
Ma'lumot faqat sizning kabinetingizda ko'rinadi va boshqa mijozlarga ochilmaydi. Serverlar himoyalangan, kirish cheklangan. To'liq tafsilot — maxfiylik siyosati sahifasida.

Savolingizga javob topmadingizmi? Sotuv bo'limini qanday nazorat qilish, qo'ng'iroqlar tahlili bo'yicha qo'llanma va o'zbekcha transkripsiya haqida alohida sahifalarda batafsil yozdik. Yangi maqolalar — blogda.

Bugungi suhbatlarni ertaga o'qib chiqasiz

Ariza qoldiring — ikki kun qo'ng'iroqlaringizni tekinga tahlil qilib beramiz. Natijani ko'rasiz, keyin o'zingiz qaror qilasiz.